Jahon yangiliklari
NATO Polshada dronga qarshi yangi markaz ochadi
Reuters xabar berishicha, Rossiya va Ukraina urushi NATOning mudofaa texnologiyalari sohasidagi ustuvor yo'nalishlarini o'zgartirib yuborgan. NATO Innovatsiya jamg'armasi (NIF) prezidenti Ari Yonsson ma'lum qilishicha, dronga qarshi kurashish tizimi va koinot orqali kuzatuv olib borish vositalari Alyans uchun eng zarur va qat'iy ehtiyojga aylangan.
NATOga a'zo 24 davlat tomonidan moliyalashtiriladigan 1 milliard evrolik ushbu jamg'arma sharqiy sarhad harbiy va fuqarolik maqsadida ishlatiladigan ikki tomonlama texnologiya rivojini jadallashtirish uchun Varshavada vakolatxona ochmoqda. Ta'kidlanishicha, sharq tomonda dronlar havo hududiga noqonuniy kirib kelishi tez-tez kuzatilyapti va bu holat xavf-xatarga nisbatan mutlaqo yangicha yondashuv talab etadi.
Hozir NATO uchun dronni aniqlash, kuzatish va yo'q qilish hamda koinotdan razvedka ma'lumot olish texnologiyasi suv va havodek zarur. Ukrainaidagi urush sabog'i jamg'armaning investitsiya strategiyasiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Mudofaa xarajati yuqoriligi, yangi texnologiyaga ochiqligi va kuchli muhandislik bazasiga egaligi Polshani sarmoya kiritish uchun jozibador manzilga aylantirgan.
Mamlakat finans vaziri Anjey Domanskiy yangi tashabbusni yuqori baholab, NATO Innovatsiya jamg'armasi mamlakatda vakolatxona ochgan ilk xorijiy yirik xalqaro fond ekanini ta'kidladi.
Ushbu yangi markaz mintaqadagi xavfsizlikni ta'minlashda muhim qadam bo'lishi kutilmoqda. Mutaxassislar fikricha, zamonaviy urushlar talabidan kelib chiqib, bunday innovatsion markazlar kelgusida harbiy va fuqarolik infratuzilmasini himoya qilishda hal qiluvchi rol o'ynaydi.
Shuningdek, Varshavadagi yangi vakolatxona nafaqat Polsha, balki butun alyansning sharqiy chegaralaridagi mudofaa salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Mintaqadagi davlatlar o'rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish ko'zda tutilgan.
Ulashish