Ilm-fan
Orbitaga chiqqan yangi suniy yoldosh Yerning ilk suratlarini yubordi
Yevropaning Copernicus Sentinel-3C suniy yoldoshi uchirilganidan atigi ikki hafta o tib, Yerning dastlabki suratlari va olov malumotlarini yubordi. Ilk tasvirlarda Italiya, Kanada Arktikasi va Karib havzasi aks etgan. Yevropa kosmik agentligi - ESA malumotiga kora, tasvirlar va olovlar apparatning ikkita asosiy asbobi orqali olingan. Natijalar ularning ishlayotganini tasdiqlagan, biroq suniy yoldoshni toliq foydalanishga tayyorlash yana qarib besh oy davom etadi. Sentinel-3C - Sentinel-3 turkumidagi uchinchi apparat. U okeanlar, quruqlik, muzliklar va atmosfera holati haqida uzoq muddatli ekologik malumotlar toplashni davom ettiradi. Birinchi suratda Italiya tabiiy ranglarda tasvirlangan. Kadr Germaniyaning janubiy hududlaridan Sitsiliya va Orta Yer dengizining janubiy qismigacha bolgan maydonni qamrab olgan. Tasvir markazidan biroz yuqorida Italiyaning muhim qishloq xojaligi hududi - Po daryosi vodiysi korinadi. Uning yashil va qongir maydonlari shimoldagi qorli Alp choqqilari bilan keskin farq qiladi. Sharqda Adriatika dengizi Apennin yarimorolini Bolqondan ajratib turibdi. Italiyaning sharqiy sohili boylab suvning ochroq ko'k tusda korinishi, ehtimol, daryolar dengizga olib kelgan chokindi moddalar bilan bogliq. Gʻarbda esa Tirren dengizining toq rangli suvlari, Sardiniya va Sitsiliya orollari korinadi. Korsikaning katta qismi bulutlar ostida qolgan. Ikkinchi surat Grenlandiya gharbidagi Kanada Arktika arxipelagining bir qismini korsatadi. Qor va muz bilan qoplangan orollar, chuqur fordlar hamda ochilib qolgan qoyalar murakkab tabiiy manzara hosil qilgan. Ochiq suvning toq yuzasida parchalangan muz bolaklari ham korinadi. Arktikadagi muz va suv holatini kuzatish qutb hududlarida kechayotgan ozgarishlarni tushunish uchun muhim hisoblanadi. Karib orollari atrofidagi feruza suvlar ham ushbu dastlabki kuzatuvlar qatoridan orin oldi.
Ulashish