Jamiyat
Sayyor qabulda fuqarolarning kadastrga oid muammolari hal etilmoqda
Bugungi kunda aholi va tadbirkorlik subyektlarini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarni joyida o'rganish hamda ularga tezkor yechim topish davlat idoralari faoliyatining bosh mezoniga aylandi. Davlat idoralari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini bevosita joylarga chiqib o'rganish amaliyoti izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, fuqarolar eng ko'p duch keladigan kadastr, yer va ko'chmas mulk sohasidagi masalalarni hal etish maqsadida tizim rahbarlarining hududlardagi ochiq muloqotlari tashkil etilmoqda. Bunday uchrashuvlar aholining og'irini yengil qilish, ularning dardu tashvishlarini tinglashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kadastr agentligi direktori v.b. Sadriddin Turdiyev tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasida tashkil etilgan navbatdagi sayyor qabul ham aholining murojaatlarini tinglash va mavjud muammolarni qonuniy tartibda bartaraf etish yo'lidagi muhim qadam bo'ldi.
Uchrashuv davomida fuqarolar va tadbirkorlarning kadastr sohasiga oid murojaatlari, yer va ko'chmas mulk bilan bog'liq masalalari hamda boshqa mavjud muammolarini o'rganishga alohida e'tibor qaratildi.
Aholi va tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlar joyida ko'rib chiqilib, ularning qonuniy yechimlariga alohida e'tibor qaratildi. Ko'tarilgan masalalar yuzasidan mas'ul idora va tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, bu kabi sayyor qabullar fuqarolar va tadbirkorlarning muammolarini yaqindan o'rganish, ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, mazkur uchrashuvlar kadastr sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, korrupsiya holatlarining oldini olishda muhim omil bo'lib xizmat qilishi ta'kidlandi.
Mas'ullarning ma'lum qilishicha, aholi muammolarini hal etishga qaratilgan bunday sayyor qabullar respublikaning boshqa hududlarida ham qat'iy davom ettirilmoqda.
Ulashish