Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg-energetika tarmogidagi islohotlarni jadallashtirish yuzasidan sarmoyadorlar bilan muloqot o tkazdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg-energetika tarmogidagi islohotlarni jadallashtirish va sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish yuzasidan sarmoyadorlar bilan ochiq muloqot o tkazdi. Mamlakatimiz yetakchisi barqaror energiya taminoti iqtisodiyot rivoji, tadbirkorlar rejalari va aholi farovonligi uchun muhimligini alohida ta'kidladi.
Songgi on yilda energetika bozori xususiy sarmoyaga ochilib, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy etildi. Bu davrda sohaga 35 milliard dollar investitsiya kiritildi. Quyosh, shamol va gidroelektrik stansiyalari hisobiga qayta tiklanuvchi energiyaning jami generatsiyadagi ulushi 31 foizga yetdi.
Muloqot kuni umumiy qiymati 4 milliard 700 million dollarlik oltita yirik loyiha boyicha bitimlar imzolandi. Ular doirasida 3 ming megavatt generatsiya va 400 megavatt energiya saqlash quvvati yaratiladi. Prezidentimiz energetikaga investitsiya jalb qilishda yangi bosqich boshlanayotganini qayd etdi.
2030 yilgacha 22 ming megavatt yangi quvvat barpo etish, yillik elektr ishlab chiqarish hajmini 129 milliard kilovatt-soatdan oshirish va qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazish maqsad qilingan. Buning uchun generatsiya, uzatish va energiya saqlash tizimlari ozaro bog'liq holda rivojlantiriladi.
Ilk bor energetika sohasining 2050 yilgacha bolgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqilib, e'lon qilinadi. Kelgusi yil 1 martgacha tarmoqlarga ulanish imkoniyatlari xaritasi, 1 iyulga qadar esa toliq bosh reja taqdim etiladi. Bu sarmoyadorlarga loyihalarini uzoq muddatga rejalashtirish imkonini beradi.
Sanoat korxonalari va malumotlar markazlarining osib borayotgan ehtiyojini hisobga olib, ular uchun ishonchli elektr ta'minotini oldindan tashkil etish zarurligi ta'kidlandi. Taqsimlash tarmoqlarida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, ijtimoiy soha obyektlari va nasos stansiyalarini energiya tejamkor texnologiyalar asosida yangilash masalalari ham korib chiqildi.
Yuqori kuchlanishli uskunalar, energiya saqlash tizimlari va shamol generatorlari butlovchi qismlarini mahalliylashtirish boyicha 850 million dollarlik 12 ta istiqbolli loyiha tayyorlangan. Forish tumanida qurilayotgan atom elektr stansiyasi uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqariladigan maxsus sanoat zonasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Tadbir yakunida Prezidentimiz investorlar bilan muloqot qilib, ularning fikr va takliflarini tingladi, ozaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, energetika sohasida investorlar kengashi tashkil etilishi malum qilindi.
Ulashish