← Orqaga
searchTV.uz

Moldova havo hududi bir kunda besh marta buzildi, bir dron portladi

16-oktabr kuni dronlar Moldova havo hududini bir kunda besh marta buzib o'tdi. Ulardan biri Ukraina chegarasidan qariyb 50 kilometr uzoqlikdagi Noviye Kodryani qishlogi yaqinida qulab, portladi. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bu hodisalarni keskin qoralab chiqdi. DW xabariga kora, Moldova Mudofaa vazirligi dron mahalliy vaqt bilan soat 16:22 da mamlakat havo hududiga nogonuniy kirganini malum qildi. Soat 17:06 da esa apparat qulab, portlagani haqida xabar berildi. Politsiya uning parchasi suratini e'lon qildi. Bundan oldin, 16-oktabrga o'tar kechasi yana to'rtta dronning mamlakat havo hududidan o'tgani qayd etilgan edi. Moldova TIV bunday hodisalar fuqarolar xavfsizligiga tahdid solishini alohida ta'kidladi. Vazirlik Rossiyani Ukrainaga hujumlarni zudlik bilan to'xtatishga, xalqaro huquq me'yorlari, jumladan, Moldovaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqirdi. Mudofaa vazirligi ma'lumotiga ko'ra, so'nggi dronning qulashi bilan 10-oktabrdan buyon havo hududi buzilishi holatlari sakkiztaga yetdi. Ular orasida 10-oktabr kuni Geamana aholi punktiga portlovchi modda ortilgan dron tushishi ham bor. Harbiy idora 2026-yil boshidan mamlakat havo hududi buzilgan 64 ta holat qayd etilganini bildirdi. Shulardan 16 tasi oktabr oyiga to'g'ri keladi. Rossiyaning Ukrainaga keng ko'lamli bosqini boshlangan 2022-yildan buyon bunday hodisalar soni 101 taga yetdi. Avvalroq, 3-oktabr kuni Moldova hududiga uchta raketa va ikkita dron tushgani xabar qilingan edi. O'sha hodisalarda halok bo'lganlar va jarohatlanganlar bo'lmagan.
Ulashish